Reyting: Davlat Bobonov yana peshqadam bo‘lib oldi
Xalqaro dzyudo federatsiyasi yil yakunidan avval dzyudochilarning yangilangan reyting jadvalini e’lon qildi. Unda hamyurtimiz Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasida yana peshqadamga aylandi.
Avvalgi oyda gruziyalik Lasha Bekauridan kichik farq bilan ortda borayotgan yurtdoshimiz raqibining 2 yil avvalgi musobaqada qo‘lga kiritgan ochkolari kuyib ketgani bois yana birinchi pog‘onaga ko‘tarildi.
Shu tariqa, Tokio-2020 sovrindori Bobonov 2021 yilni o‘z vazn toifasidagi reytingda peshqadam bo‘lib yakunlaydigan bo‘ldi.
Dzyudochilarimizning reytingdagi o‘rinlari:
-60 kg:
- Yung Vei Yang (Xitoy Taipeyi) – 5140 ochko
- Kemran Nurillayev – 1848 ochko
-66 kg:
- An Baul (Janubiy Koreya) – 5240 ochko
- Sardor Nurullayev – 3469 ochko
-73 kg:
- Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) – 5475 ochko
- Hikmatilloh To‘rayev – 3055 ochko
-81 kg:
- Tato Grigalashvili (Gruziya) – 6592 ochko
- Sharofiddin Boltaboyev – 4356
-90 kg:
- Davlat Bobonov (O‘zbekiston) – 5736 ochko
- Lasha Bekauri – 4880 ochko
-100 kg:
- Arman Adamyan (Rossiya) – 5420 ochko
- Muhammadkarim Xurramov – 2671 ochko
+100 kg:
- Tamerlan Bashayev (Rossiya) – 6250 ochko
- Alisher Yusupov – 1503 ochko
- Bekmurod Oltiboyev – 1208 ochko
Ayollar:
-52 kg:
- Amandin Bushar (Fransiya) – 5890 ochko
- Diyora Keldiyorova – 2692 ochko
-70 kg:
- Barbara Matich (Xorvatiya) – 5595 ochko
- Gulnoza Matniyazova – 2883 ochko
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter