Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat Bobonov jahon chempioni bo‘ldi

Davlat Bobonov jahon chempioni bo‘ldi

Parij shahrida o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

-90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchimiz final bahsida braziliyalik Godoy De Machedoni mag‘lubiyatga uchratdi.

Ma’lumot uchun, Davlat Bobonov finalga qadar Avstriya, Rossiya va Slovakiya dzyudochilaridan ustun kelgan edi.

Shuningdek, bugungi bellashuvlar davomida Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) ham chempionlik uchun tatamiga chiqsa, Bekmurod Oltiboyev va Shohruh Baxtiyorov (ikkalasi ham +100 kg) bronza medallari uchun Finlyandiya va Slovakiya vakillariga qarshi kurash olib borishadi.

Kechagi bellashuvlar yakunida Dilshod Baratov (-60 kg) va Diyora Keldiyorova (-52 kg) ham oltin medalni qo‘lga kiritishgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring