Dani Alves «Barselona»ni qutqarmoqchi
Braziliyalik himoyachi Dani Alves 2008–2016-yillarda to‘p surgan qadrdon jamoasi «Barselona»ga qaytmoqchi. Katalon klubiga qaytish 38 yoshli futbolchi uchun istiqbolli reja bo‘lgani bois bu safargi shartnoma uchun u moliyaviy ishtahasini anchayin tiyishga tayyor, deyiladi «Esport3» telekanali xabarida.
Alves 2021-yilning sentyabrida jamoasiz qoldi: «San-Paulu» (Braziliya) bilan shartnomasini uzdi.
Dani Alves faoliyati mobaynida «Barselona»dan tashqari «Yuventus», «Pari Sen-Jermen» va «Sevilya» kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter