Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chimyondagi ekstremal sport festivali qanday o‘tdi? Qishning fayzli ikki kuni haqida

Chimyondagi ekstremal sport festivali qanday o‘tdi? Qishning fayzli ikki kuni haqida

Sport degani faqat futbol yoki boks emas. Yoki O‘zbekistonda turistlar uchun Samarqand, Buxoro va Xivadan tashqari ko‘rish kerak bo‘lgan boshqa hududlar ham talaygina. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan «Chimyon-EXO-2020» eko-sayyohlik sport festivali va «Chimyon ekstrim-2020» qishki ekstremal sport turlari bo‘yicha festival aynan shu maqsadni ko‘zlagan edi.

Ta’kidlash joiz, vazirlik bu maqsad sari dadil intilmoqda. 1-2 fevral kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘li hududida bo‘lib o‘tgan festivalda yoshu qari, havaskoru professional sportchilar ishtirok etdilar. Tomosha qilishga kelganlar ham yetarlicha bo‘ldi. Chang‘i uchishning zavqi to‘p tepishdan kam emasligini hamma ko‘rdi.

Har qanday musobaqani to‘liq tushunish uchun uning ichiga kirib borish lozim. Buning uchun esa uni yaqindan, qo‘l uzatsa yetadigan joydan kuzatish kerak. Agarda nomi yuqorida keltirilgan futbol va boksda deyarli har hafta bunga imkon bo‘lsa, ekstremal sport turlari ancha kamyob hisoblanadi. Shu sababdan ham Jismoniy tarbiya va sport vazirligi uyushtirgan musobaqaning qadri baland bo‘ldi. Nafaqat sport jurnalistlari, balki oddiy muxlislar ham noyob sport turlarini yaqindan kuzatishga muvaffaq bo‘lishdi. Axir bolalikda yuqoridan muzda sirpanib tushishning zavqini hammamiz ham tuyganmizku, to‘g‘rimi?

Aynan shu sababli ham musobaqada ishtirok etgan yosh bolajonlarning quvonchini tomosha qilish alohida qadrli bo‘ldi...

«Chimyon-EXO-2020» eko-sayyohlik sport festivali va «Chimyon ekstrim-2020» qishki ekstremal sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar yurtimizda sport va turizm kabi muhim sohalar rivoji uchun xizmat qiladi. Har qanday mamlakatda, u xoh rivojlangan bo‘lsin yoki rivojlanayotgan, turli ijtimoiy masalalarni hal etishda sportning o‘rni juda katta. Umid qilamizki, bunday tadbirlar yurtimizda tez-tez o‘tkazib turiladi.

Festival doirasida shuningdek jurnalistlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqa ham tashkil etildi va g‘oliblar taqdirlandi. Zotan, sport haqida yozgan odamning o‘zi ham sport zavqini totib ko‘rishi kerak, shunday emasmi...

Zafar QOSIMOV

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring