Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chempionlar ligasi futbol ishqibozlarini hayratga solishda davom etyapti

Chempionlar ligasi futbol ishqibozlarini hayratga solishda davom etyapti

Foto: «Prognozist.ru»

Chempionlar ligasi chorak finalida «Manchester Siti» «Lion»ga yutqazib qo‘ydi. Uchrashuv Portugaliyaning Lissabon shahridagi «Joze Alvalade» o‘yingohida bo‘lib o‘tdi va fransuzlar jamoasining 3:1 hisobdagi g‘alabasi bilan tugadi.

25-daqiqada lionliklar hujumchisi Maksvell Korne hisobni ochdi. «Lion» ichkaridan Marsal yetkazib bergan to‘p bilan hujumni boshladi. Garsiya Ekambining jarima maydonchasiga kirishiga xalal berdi, biroq Korne to‘pni ilib ketib, darvozaning yaqin burchagini aniq nishonga oldi.

69-daqiqada «Siti»ning xavbeki Kevin De Bryuyne hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Raxim Sterling jarima maydonchasidagi sheriklarining pozitsiyasini to‘g‘ri baholab, to‘pni markazga yetkazib berdi. U yerda De Bryuyne darvozani ishg‘ol qildi.

80-daqiqada Mussa Dembele «Lion»ni oldinga olib chiqdi. Kakere maydon markazidan to‘pni oldinga oshirdi. Dembele to‘pni darvoza to‘riga joylab qo‘ydi. Yetti daqiqadan so‘ng Dembele dubl qayd etdi.

Chempionlar ligasi yarim finalida «Lion» chorak finalda «Barselona» (8:2) ustidan g‘alaba qozongan Myunxenning «Bavariya»si bilan uchrashadi.

Gollar: De Bryuyne (69) — Korne (24), Dembele (79, 87).

Manchester Siti: Ederson, Kanselu, Uoker, Laport, Erik Garsiya, Fernandino (Mahrez, 56), Rodri (David Silva, 84), de Bryuyne, Gyundogan, Sterling, Gabriel Jezus.

Lion: Antoni Lopesh, Marselo, Marsal, Denayer, Dyubua (Tete, 74), Kakre, Bruno Gimaraes (Tiago Mendes, 70), Auar, Korne, Toko-Ekambi (Reyne, 87), Depay (Dembele, 75).

Ogohlantirishlar: Dyubua (12), Fernandino (29), Rodri (58), Marselo (64).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring