Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chelsi» klubi «Borussiya» futbolchisini sotib oldi

«Chelsi» klubi «Borussiya» futbolchisini sotib oldi

Foto: «Livesport»

Londonning «Chelsi» klubi Dortmundning «Borussiya» jamoasi yarim himoyachisi Kristian Pulishichni xarid qildi. Bu haqda «Aristokratlar» rasmiy sayti xabar berdi.

20 yoshli AQShlik futbolchining transferi londonliklarga 64 mln yevroga tushgan.

Pulishich yangi jamoasiga yozda ko‘chib o‘tadi. Ungacha mavsumni ijara asosida dortmundliklar safida yakunlaydi.

Kristian Pulishich «Borussiya» safida 2016-yildan buyon to‘p suradi. U klub tarkibida 115ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 15ta gol hamda 24ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring