«Chelsi» Angliya kubogida g‘alaba qozondi

Angliya kubogi finalida Londonning «Chelsi» klubi «Uembli» stadionida «Manchester Yunayted»ni mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuv taqdirini Eden Azarning penaltidan kiritgan yagona goli hal qildi. Shu tariqa londonliklar mazkur musobaqadagi sakkizinchi kubogini qo‘lga kiritdilar.
Angliya kubogi. Final.
Chelsi – Manchester Yunayted 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 22, penalti Azar.
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Keyxill, Ryudiger, Mozes, Azar (Villian, 90), Fabregas, Kante, Bakayoko, Alonso, Jiru (Morata, 89).
Manchester Yunayted – De Xea, Jons (Mata, 87), Smolling, Valensiya, Yang, Pogba, Matich, Lingard (Marsyal, 73), Errera, Sanches, Reshford (Lukaku, 73).
Ogohlantirishlar: Jons (21), Valensiya (58), Kurtua (90).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter