Chapaklar mamlakati: Shimoliy koreyalik ishqiboz qiz bilmasdan amerikalik sportchilarni olqishlab qo‘ydi (video)

Pxyonchxandagi Qishki olimpiadaning figurali uchish bahslarini tomosha qilayotgan shimoliy koreyalik muxlisa, o‘z mamlakati mezonlari bilan o‘lchanganda, vatanparvarlikka xos bo‘lmagan ishga qo‘l urdi — AQSh sportchisining chiqishini qarsak bilan kutib oldi, deb xabar berdi «Day.Az».
KXDR juftligi — Rim Te Oka va Kim Yu Sikaning chiqishlarini musobaqalar mobaynida ularning vatandoshlari — «go‘zallar armiyasi» tinmay qo‘llab turdi. Ammo «armiya»ning bir a’zosi hamyurtlaridan keyin muzga chiqqan amerikalik sportchilarga ham bexosdan chapak chalib yubordi. Buni payqagan yonidagi sherigi uni bilinar-binmas turtib qo‘yib, «o‘ziga» keltirgan. Endi bu qizga yurtida nima chora ko‘rishadi — bizga qorong‘u.
Ushbu video butun internetga tarqashga ulgurdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter