Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

CAFA Nations Cup-2023: O‘zbekiston Tojikistonni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

CAFA Nations Cup-2023: O‘zbekiston Tojikistonni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

Futbol bo‘yicha CAFA Nations Cup-2023 3-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 17-iyun, shanba kuni Tojikistonga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Tojikiston futbolchisi Parvizjon Umarboyev hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda esa o‘zbekistonliklar muvozanatni tikladi. 53-daqiqada Jasurbek Yaxshiboyev raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shundan so‘ng – Eldor Shomurodov 56-daqiqada penlatidan, Abbos Fayzullayev 73-daqiqada, Xojimat Erkinov 83-daqiqada, Oston O‘runov 95 daqiqada gol urishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi CAFA Nations Cup-2023 finalida Eronga qarshi bahs olib boradi. Jamoalar o‘rtasidagi 20-iyun kuni 20:30 da start oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring