Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Toshkentga taklif qilindi

Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Toshkentga taklif qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 18 iyul kuni Janubiy Koreyada taekvondo WTF bo‘yicha «Korea Open» reyting musobaqasiga start berildi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi sharafini 30 nafar sportchi himoya qiladi.

Ushbu musobaqa oldidan bir qancha rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Unda Laziz Hasanov boshchiligidagi O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi rahbariyati Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Cho Chjonvon bilan uchrashib, bir qator muhim masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi. Unda tomonlar jumladan, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan Osiyo o‘yinlariga o‘zbekistonlik taekvondochilarning ko‘rayotgan tayyorgarligi va yana bir qator masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdi.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi vakillari Cho Chjonvonni 22-23-sentyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Elchi kubogi» musobaqasiga taklif etishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring