«Bunyodkor» futbolchilari yanvardan buyon maosh olmayapti
«Bunyodkor» futbol klubida moliyaviy muammolar borligi haqida bir necha bor ma’lumotlar berilgan edi.
«Uff.uz» saytiga ma’lum qilingan va rasman tasdiqlanmagan ma’lumotga ko‘ra «Bunyodkor» klubi xodimlari, murabbiylar shtabi va futbolchilar oxirgi marta yanvar oyida maosh olgan. Shundan buyon na maosh to‘langan va na mukofot pullari berilgan.
Klub superliganing 12-turiga qadar 8 ta uchrashuvda g‘alaba qozonib, 1 o‘yinda durang qayd etgan. Ammo murabbiylar shtabi va futbolchilar mukofot pullari olmagan.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra «Bunyodkor»ning joriy mavsumdagi budjeti 15 milliard so‘mdan iborat. Ushbu mablag‘ hisobiga klub akademiyasi ta’minoti ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan edi. Ammo klub hisob-raqamiga yanvar oyida 1 milliard so‘m pul o‘tkazib berilgan xolos.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter