Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bundesliga yakunlandi: «Bayer» «Bavariya» eplay olmagan ishni uddaladi

Bundesliga yakunlandi: «Bayer» «Bavariya» eplay olmagan ishni uddaladi

Foto: Deportes TVC

Leverkuzenning «Bayer» klubi Germaniya chempionatida tarixiy rekord qayd etdi — mavsumni bitta ham mag‘lubiyatsiz yakunladi.

Bundesliganing so‘nggi 34-turida «Augsburg» 2:1 hisobida mag‘lub etildi. Leverkuzenliklarning zafarli mavsumidagi so‘nggi gollarni Viktor Bonifeys (12) va Robert Andrix (27) kiritgan bo‘lsa, augsburgliklarning javob goli Mert Kyomyur (62) hisobiga yozildi.

«Bayer» mavsumni 28 g‘alaba va 6 durang bilan yakunladi, mag‘lubiyat yo‘q. Urgan va o‘tkazib yuborgan gollari nisbati: 89/65.

Bayerning barcha turnirlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 51 taga yetdi.

Nemislarda maqol bor: «Oxiri kulgan — yaxshiroq kuladi». Uzoq yillardan buyon chempionlikka bir qadam qolganida qoqilaverganidan «Neverkusen» (Hech qachon) laqabini olgan leverkuzenliklar birato‘la hammasiga javob berishdi. Hatto qudratli superchempion «Bavariya» ham buni uddalay olmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring