Bundesliga o‘yinlari mayning ikkinchi yarmidan davom ettiriladi
Germaniya kansleri Angela Merkel Bundesliga may oyining ikkinchi yarmidan o‘z o‘yinlarini davom ettirishini ma’lum qildi.
Kansler buning uchun barcha kelishilgan va sinalgan qoidalar bajarilishi shartligini ta’kidladi.
Bu yerda gap o‘yinlarni tomoshabinlarsiz stadionlarda o‘tkazish va futbolchilarni muntazam koronavirus testidan o‘tkazib borish haqida ketyapti.
Germaniya kuchli besh chempionat orasida koronavirus tufayli to‘xtab qolgan futbol o‘yinlarini birinchi bo‘lib boshlashga yaqin turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter