Bugun «Paxtakor» va OKMKning OChLdagi taqdiri ma’lum bo‘ladi
Bugun Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqich doirasida pley-off uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichda O‘zbekistonning ikki jamoasi guruh bahslarida ishtirok etish uchun kurash olib boradi.
Shota Arveladze boshchiligidagi «Paxtakor» jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida «Al Nasr» mehmoni bo‘ladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Toshkent viloyatining OKMK jamoasi esa Saudiya Arabistonida «Al Nassr» bilan kuch sinashadi. Mirjalol Qosimov shogirdlari ishtirokidagi uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.
Bugungi uchrashuvlarda g‘alaba qozongan jamoalar Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar.
Eslatib o‘tamiz, OChL saralash bosqichining avvalgi o‘yinida «Paxtakor» Iroqning «Eyr Fors» klubini 2:1 hisobida, OKMK esa Tojikistonning «Istiqlol»ini 4:2 hisobida yenggandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter