Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu sizga «GazMyas» emas. Futbolchilarini shapaloq bilan siylagan murabbiy kechirim so‘radi (video)

Bu sizga «GazMyas» emas. Futbolchilarini shapaloq bilan siylagan murabbiy kechirim so‘radi (video)

Turkiyada futbolchilarni «tarbiyalash»ning o‘ziga xos usuli tasvirga olingan video tarqab ketdi. Unda «Kayseri Meysuspor» jamoasi bosh murabbiyi Xalit Kurt kiyim almashtirish xonasida futbolchilarning yuziga shapaloq tushirayotgani aks etgan.

Murabbiy kirib kelib, futbolchilarni bir boshdan urib chiqadi. Qizig‘i, boshini quyi solib olgan futbolchilardan birontasi qarshilik ko‘rsatmagan. «Bir krug» aylanib chiqqanidan keyin, Xalit Kurt qolgan kuchini baqirishga sarflagan.

Ana shu video internetga qo‘yib yuborildi. Kurt endi qilmishi uchun kechirim so‘rashga majbur bo‘ldi.

«Jamoa o‘yinni yoki sovrinni yutishni istaganida bunaqasi bo‘lib turadi. Biz Aleks Fergyusson va Devid Bekhem voqeasini bilamiz, Fotih Terim ham vaqti-vaqti bilan shunday qilib turadi deyishadi. Men kechirim so‘ramoqchiman, ammo urganim uchun emas, o‘yinchilarimni la’natlaganim uchun», — dedi Xalit Kurt.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring