Braziliyalik mashhur yulduz shoshilinch shifoxonaga yotqizildi
Braziliyalik sobiq futbolchi Romario ichak infeksiyasi sabab Rio-de-Janeyrodagi shifoxonaga shoshilinch ravishda yotqizildi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
57 yoshli sobiq yulduz 13-iyul kuni qattiq og‘riq va oshqozondagi og‘riqdan shikoyat qilib, tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Ayni damda Romarioning ahvoli barqaror. Shifokorlar 1994-yilgi jahon chempionining qachon shifoxonadan chiqishini aytmayapti.
2021-yilda braziliyalik o‘t pufagini olib tashlash uchun shoshilinch operatsiya qilingandi.
Romario o‘z vaqtida «PSV», Kataloniyaning «Barselona» va «Valensiya» klublarida o‘ynagani bilan tanilgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, braziliyalik siyosatga kirdi.
Romario hozirda Rio-de-Janeyro shtatidan saylangan federal senator hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter