Braziliyalik futbol yulduzi JCh-2018ni o‘tkazib yuboradi
Braziliya futbol federatsiyasi PSJ himoyachisi Dani Alvesning jarohati jiddiy ekani va uning Braziliya terma jamoasi safida JCh-2018da ishtirok eta olmasligini tasdiqladi. Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati «Tvitter»da ma’lum qildi.
34 yoshli futbolchi «Le Arbe»ga (2:0) qarshi bo‘lib o‘tgan Fransiya kubogi finalida jarohat olgan edi. Ma’lum qilinishicha, Alves kamida yarim yil maydonga tusha olmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter