Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolt «g‘alaba pozasi»ni savdo belgisiga aylantirmoqchi

Bolt «g‘alaba pozasi»ni savdo belgisiga aylantirmoqchi

Foto: Associated Press

Yamaykalik mashhur yengil atletikachi Useyn Bolt o‘zining sport olamida ko‘pchilikka yaxshi tanish g‘alabani nishonlash holatini (pozasini) savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdirmoqchi.

«Boltning g‘alaba pozasi butun dunyoga tanish. Savdo belgisi qilib ro‘yxatdan o‘tkazdirsa, u aks etgan tovarlarni ishlab chiqarishi yoki uchinchi shaxslar foydalanishi uchun litsenziya berish huquqiga ega bo‘ladi», — tovar belgilari bo‘yicha mutaxassis Josh Gerbenning so‘zlarini keltirmoqda BBC.

Ma’lumot uchun: Useyn Bolt yugurish bo‘yicha 8 karra olimpiya chempioni. Jahon chempionatlarida esa 11 marta g‘alaba qozongan. Keyinchalik futbol o‘ynashga o‘tgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring