Bokschilarimizning WBA reytingidagi o‘rni
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) sentyabr oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda bokschilarimizning o‘rni quyidagicha:
Super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) Isroil Madrimov o‘tgan oydagi kabi 2-o‘rinda qayd etilgan.
Super yengil vaznda (-63,5 kg) faoliyat olib borayotgan Shahram G‘iyosov beshinchi, Shohjahon Ergashev 8-o‘rinda qoldi.
Birinchi o‘ta yengil vazn toifasida (-48,9 kg) Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagi 3-o‘rindan 1 pog‘ona pastlab, 4ga tushdi.
Birinchi yarim yengil vaznda (-55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev chempion sifatida reyting yuqorisidan joy olgan. Shuningdek, u IBF chempioni ham hisoblanadi.
Ushbu reytingdan boshqa bokschilarimiz o‘rin olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter