Bokschilarimiz Rossiya, AQSh, Hindistondan ortda qoldi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha «Strandja» 70-xalqaro turnir nihoyasiga yetdi. Musobaqada jahonning 42 ta mamlakatidan 350 nafarga yaqin bokschi ishtirok etdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham turnirda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordilar, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, terma jamoamiz a’zolari 5 ta medalga sazovor bo‘ldilar.
Oltin:
-56 kg: Miraziz Mirzahalilov
-69 kg: Bobousmon Baturov
Kumush:
-52 kg: Xudoynazar Fayzov
-56 kg: Abdulhay Shorahmatov
Bronza:
-60 kg: Shunqor Abdurasulov.
Bokschilarimiz turnirda medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egallashdi. Bu borada Rossiya (5 ta oltin, 4 ta bronza), AQSh (2 ta oltin, 1 ta kumush, 5 bronza) va Hindiston (3 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza) terma jamoalari kuchli uchlikni tashkil etib berishdi. Mezbon Bolgariya terma jamoasi esa (2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza) to‘rtinchi pog‘onadan joy oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter