Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bokschilarimiz jahon va olimpiada chempionlariga qarshi! Bugun 11 nafar vakilimiz JCh chorak finalida jang qiladi

Bokschilarimiz jahon va olimpiada chempionlariga qarshi! Bugun 11 nafar vakilimiz JCh chorak finalida jang qiladi

Toshkent mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirmoqda.

Bugun musobaqaning chorak final janglari o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 11 nafar vakili yarim final chiptasi uchun ringga ko‘tariladi.

Ular orasida Hasanboy Do‘smatov – Tomoya Suboi (Yaponiya, jahon chempioni), Bahodir Jalolov – Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston) kabi finalga teng janglarni ko‘rish mumkin.

Shuningdek, Lazizbek Mullojonov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev jahon chempionatining chorak finalida kubalik 5 karra jahon chempioniga hamda ikki karra Olimpiada chempioniga qarshi ringga chiqishadi.

Shohjahon Abdullayevning raqibi ham asli kubalik bo‘lgan jahon chempioni, Ozarbayjon vakili Alfonso Domingez bo‘ladi.

To‘liq juftliklar:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Tomoya Suboi (Yaponiya) (B ring, 14:00)

-57 kg: Abdumalik Xalokov - Ishish Yusuf (Iordaniya) (B ring, 14:25 dan so‘ng)

-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Lounes Xamraoui (Fransiya) (A ring, 15:10 dan so‘ng)

-71 kg: Saidjamshid Jafarov - Igor Sviridchenkov (Rossiya) (B ring, 15:25 dan so‘ng)

-92 kg Lazizbek Mullojonov - Sezar La Kruz (Kuba) (A ring, 16:25 dan so‘ng)

-54 kg: Oybek Jo‘rayev - Gabriel Eskobar (Ispaniya) (B ring, 18:40 dan so‘ng)

-60 kg: Mujibillo Tursunov - Vsevolod Shumkov (Rossiya) (B ring, 18:55 dan so‘ng)

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Roniyel Igletsias (Kuba) (B ring, 19:25 dan so‘ng)

-75 kg: A’loxon Abdullayev - Filip Akilov (Vengriya) (B ring, 19:55 dan so‘ng)

-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Alfonso Domingez (Ozarbayjon) (A ring, 20:25 dan so‘ng)

+92 kg: Bahodir Jalolov - Qamshibek Konkabayev (Qozog‘iston) (B ring, 21:10 dan so‘ng)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring