Boks. Shahobiddin Zoirov va Elnur Abduraimov muvaffaqiyatsizlikka uchradi
Boks bo‘yicha «Rio–2016» chempioni, hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov «Tokio–2020» Olimpiadasidagi yurishini chorak finalda to‘xtatdi.
Bokschimiz yarim final ostonasida filippinlik Karlo Palamga qarshi ringga ko‘tarildi. Ikkinchi raund o‘tib borayotgan bir vaqtda shifokorlar Zoirovning jarohati sabab bellashuvni davom ettirishga ruxsat berishmadi.
Bu vaziyatda qoidaga ko‘ra o‘sha paytgacha olingan ochkolar hisob-kitob qilinadi. Afsuski, bu borada ustunlik filippinlik bokschi tomonida bo‘ldi va vakilimizning mag‘lubiyati qayd etildi.
Afsuski, bugungi kun dasturida yana bir bokschimiz Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarini tark etmoqda. Elnur Abduraimov yarim final uchun kechgan bellashuvda armanistonlik bokschiga qarshi ringga ko‘tarildi.
-63 kg vazn toifasidagi hamyurtimizning chorak finaldagi raqibi Xovxannes Bachkov bo‘ldi. Afsuski, Abduraimov mazkur bahsda raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va shu nuqtada Olimpiada bilan xayrlashdi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter