Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boks olimpiada o‘yinlari dasturidan chiqarilishi mumkin

Boks olimpiada o‘yinlari dasturidan chiqarilishi mumkin

Foto: Gazeta.uz

XOQ (Xalqaro olimpiada qo‘mitasi) boksni 2020-yilda Tokiоda o‘tkaziladigan olimpiyada o‘yinlari dasturidan chiqarib yuborishi mumkin. Bu haqda qo‘mita rahbari Tomas Bax ma’lum qilgan.

«XOQ boksning O‘smirlar o‘yinlari va 2020-yilgi olimpiadaga kiritilishini ko‘rib chiqish huquqini o‘zida qoldiradi», – dedi Bax matbuot anjumanda. Uning qo‘shimcha qilishicha, AIBA bilan bog‘liq ko‘plab muammolar bor. Masalan, olimpiyada o‘yinlaridagi hakamlik masalasi.

Baxning aytishicha, 2016-yilgi Rio olimpiyadasidagi ikki jang shubhaga sabab bo‘lgan. Ularning biri rossiyalik Yevgeniy Tiщyenko va qozog‘istonlik Vasiliy Levit hamda boshqa bir rus bokschisi Vladimir Nikitinning irlandiyalik Maykl Konlan bilan o‘tkazgan janglaridir.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning so‘nggida AIBA prezidenti Ching-Kuo Vu korrupsiya bilan bog‘liq qator ayblovlardan so‘ng iste’foga chiqarilgan edi. Uning o‘rnini vaqtincha o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov egallab turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring