Boks. Fanat Qahramonov mag‘lub bo‘ldi, Bobousmon Baturov yengdi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining sakkizinchi kun bellashuvlari kecha bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, kunning birinchi jangi hamyurtimiz Bobousmon Baturov (-69 kg) ishtirokida kechdi.
Argentinalik Agustin Arreguiga qarshi jang olib borgan Baturov katta qiyinchiliksiz keyingi bosqich masalasini hal qildi. E’tiborlisi, ushbu vaznning ikkinchi raqamli vakili sifatida bahslarga kirishgan bokschimiz uchun bu jahon chempionatlaridagi birinchi jang bo‘ldi.
Hamyurtimiz keyingi bosqichda Janluiji Malanga (Italiya) va Delante Yonson (AQSh) juftligi g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi. Shuningdek, kechki dasturda yana bir vakilimiz Fanat Qahramonov (-75 kg) braziliyalik Ebert Konsesaoga qarshi bahs olib boradi.
Ammo terma jamomiz vakili Fanat Qahramonovning (-75 kg) omadi kelmadi. Chorak final yo‘llanmasi uchun ringga chiqqan bokschimiz braziliyalik Ebert Konsesaoga qarshi kechgan murosasiz jangda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shuning bilan o‘zbekistonlik bokschilarning kechagi kun dasturidan o‘rin olgan janglari yakunlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter