Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir oy: Italiya «A» seriyasining barcha o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi

Bir oy: Italiya «A» seriyasining barcha o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi

Foto: «Turtella»

Italiya hukumati koronavirus tarqalishining oldini olish uchun turli choralarga qo‘l urmoqda. Yaqinda chiqarilgan farmonga ko‘ra, mamlakatdagi barcha sport musobaqalari 3-aprelga qadar tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi, deyiladi «Football ITALIA» xabarida.

Farmon Italiyaning barcha hududlariga, xususan, koronavirus uncha tarqamagan hududlarga ham birdek taalluqli.

Sport klublariga o‘z sportchilari va xodimlarini muntazam virus tekshiruvidan o‘tkazib turish majburiyati yuklandi.

Ma’lumot uchun: Italiya «A» seriyasida 7-martdan 4-aprelga qadar uchta tur o‘yinlari o‘tkazilishi belgilangan.

Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 3000 nafardan oshib ketgan, 107 nafar inson vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring