Bekzod Abdurahmonovga imkon berildi
Erkin kurash bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan vakilimiz Bekzod Abdurahmonov medal uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Hozirgina -74 kg vazn toifasining yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ulardan birida hamyurtimizni mag‘lub etgan rossiyalik Zaurbek Sidakov va qozog‘istonlik Daniyar Kaysanovdan ustun keldi. Bu esa vakilimizga bronza medali uchun o‘tish bosqichida kurashish imkonini taqdim qildi.
Shu tariqa ertangi dasturda Abdurahmonov o‘tish bosqichida Gvineya-Bissau vakili Midana Augisto bilan kurashadi. Abdurahmonov uni mag‘lub eta olsa, bronza medali uchun Daniyar Kaysanovga qarshi gilamga chiqadi.
Shuningdek, ertaga bo‘lib o‘tadigan -97 kg vazn toifasining qur’a natijalari ma’lum. Unga ko‘ra, hamyurtimiz Magomed Ibragimov dastlabki davrani turkiyalik Sulaymon Karadenizga qarshi o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter