«Bavariya» qatorasiga to‘qqizinchi marta Germaniya chempioni bo‘ldi
Myunxenning «Bavariya» jamoasi muddatidan avval Germaniya futbol chempionati joriy mavsumi g‘olibiga aylandi. O‘z uyida Dortmundning «Borussiya»siga yutqazib qo‘ygan (2:3) asosiy ta’qibchi — «Leypsig» myunxenliklarning chempion bo‘lishida «yordamlashib yubordi».
«Bavariya» qatorasiga to‘qqizinchi marta Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritdi.
«Leypsig» mavsum tugashiga ikki tur qolganida 64 ochko to‘plab, «Bavariya»dan yetti ochkoga ortda qolyapti. Hans-Diter Flik jamoasi zaxirasidagi o‘yinlar soni bittaga ko‘p.
«Bavariya» — Germaniya Bundesligasining mutlaq sovrindori: chempionliklari soni 31 taga yetdi. Ikkinchi o‘rindagi «Nyurnberg» hisobida to‘qqizta chempionlik bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter