Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bavariya» Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildiryapti – manba

«Bavariya» Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildiryapti – manba

Futbol agenti Anton Smirnov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida myunxenliklarning «Bavariya» klubi SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevga qiziqayotgani haqida xabar qoldirdi.

Futbol agentining qo‘shimcha qilishicha, yarim himoyachi O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi o‘yinlari tufayli nemis klubi e’tiboriga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Fayzullayev hozirda Rossiyaning SSKA futbolchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda yarim himoyachi klub safida 18 ta uchrashuv o‘tkazgan va uning hisobida 2 ta gol, 6 ta golli uzatma bor.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Fayzullayev 4 million yevroga baholangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring