«Barselona»ning ikki futbolchisi jarohat oldi

Kecha, 22-sentyabr kuni milliy terma jamoalaridagi o‘yinlarda «Barselona»ning ikki futbolchisi jarohat oldi.
Memfis Depay Millatlar Ligasi doirasida Polshaga qarshi bahsda (2:0) 52-daqiqada jarohatlandi va maydonni tark etdi.
Shuningdek, Jyul Kunde Avstriyaga (2:0) qarshi o‘yinning 23-daqiqasidayoq jarohat olib, almashtirildi.
«Barselona»ni oktyabr oyida dahshatli taqvim kutib turibdi. Jamoa 30 kun ichida 9ta o‘yin (har uch kunda bitta) o‘tkazishi lozim. Raqiblar ham jiddiy: Inter, Selta, Real Madrid, Vilyarreal, Atletik B, Bavariya va boshqa.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter