Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» – «Valensiya». La Liganing yangi rekordi o‘rnatildi

«Barselona» – «Valensiya». La Liganing yangi rekordi o‘rnatildi

Foto: «Laliga.es»

Ispaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda «Barselona» o‘z maydonida «Valensiya»ni qabul qildi. Uchrashuv kataloniyaliklarning 2:1 hisobidagi qiyin g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda Luis Suares hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda himoyachi Samuel Umtiti farqni yiriklashtirdi.

So‘nggi daqiqalarda hakam «Valensiya» foydasiga penalti belgiladi. 11 metrlik jarimadan Daniel Parexo unumli foylalandi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Barselona»ning La Liga doirasida mag‘lubiyatsiz o‘yinlari soni 39taga (o‘tgan mavsumning so‘nggi 7 uchrashuvida ham mag‘lub bo‘lmagan) yetdi va Ispaniya chempionatining yangi rekordini o‘rnatdi. Shu tariqa 38 yil avval 38 mag‘lubiyatsiz o‘yindan iborat «Real Sosedad»ning rekordi tarixda qoldi.

Kataloniyaliklar ochkolari sonini 82taga yetkazib, turnirda yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

La-Liga, 32-tur.

«Barselona» – «Valensiya» 2:1.

Gollar: Suares (15), Umtiti (51) – Parexo (87, penalti).

«Barselona»: ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Paulino, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 90), Inesta (Denis Suares, 84), Buskets, Koutino (Dembele, 79), Messi, Suares.

«Valensiya»: Neto, Garay, Gayya, Ruben Vezu, Gabriel, Soler, Parexo, Kondogbia, Gonsalu Gedesh (Pereyra, 69), Santi Mina (Vetto, 71), Rodrigo (Zaza, 80).

Ogohlantirishlar: Pike (7), Kondogbia (12), Gabriel (75), Dembele (86).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring