«Barselona» va «Real» futbolchilari bir jamoaga o‘tishi mumkin — OAV
![«Barselona» va «Real» futbolchilari bir jamoaga o‘tishi mumkin — OAV](https://static.xabaruz.com/crop/2/9/720_460_95_2903890731.jpg)
Ispaniyaning «Xetafe» klubi qishki transferda «Real» Madridning yaponiyalik xavbegi Takefusu Kubo (hozir «Vilyarreal»da ijarada) hamda «Barselona» yarimhimoyachisi Karles Alenyani ijara asosida qo‘lga kirtishni mo‘ljallayapti. Bu haqda AS xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, yuqoridagi har ikki klub «Xetafe»ning taklifiga rozi.
Bitim yakuniga yetishi uchun endi «Xetafe» rahbariyati bu futbolchilarni ko‘ndirsa bas.
Ispaniya chempionatining o‘tgan 14 turidan so‘ng 17 ochko to‘plagan «Xetafe» turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter