Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» Turindan g‘alaba bilan qaytdi, «MYu» «Leypsig»ni tor-mor etdi, Parijda Neymar maydonni yig‘lab tark etdi

«Barselona» Turindan g‘alaba bilan qaytdi, «MYu» «Leypsig»ni tor-mor etdi, Parijda Neymar maydonni yig‘lab tark etdi

Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bahslarining 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

«Barselona» Turinda Ronaldusiz «Yuventus»ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi.

«MYu» YeChLdagi maqsadi jiddiy ekanini ko‘rsatmoqda, birinchi turdi PSJni mag‘lub etgan manchesterliklar bu turda «Leypsig»ni tor-mor etdi. Reshford xet-trik qayd etdi.

PSJ garchi bu turda g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, Neymar maydonni yig‘lab tark etdi. U yana jarohat oldi. Bu uning parijliklar safiga qo‘shilgach, 13-jarohati ekani aytilmoqda.

YeChL, 2-tur, 28 oktyabr

E guruhi

Sevilya – Renn 1:0
Gol: De Yong (56).

Krasnodar – Chelsi 0:4
Gollar: Hadson-Odoi (37), Verner (76, penalti), Ziyesh (80), Pulishich (90).

F guruhi

Borussiya D – Zenit 2:0
Gollar: Sancho (77, penalti), Holand (90+1).

Bryugge – Latsio 1:1
Gollar: Vanaken (42, penalti) – Korrea (14).

G guruhi

Yuventus – Barselona 0:2
Gollar: Dembele (14), Messi (90+1, penalti).

Ferensvarosh – Dinamo Kiyev 2:2
Gollar: Nguyen (59), Boli (90) – Sigankov (28), de Pena (41).

N guruhi

MYu – Leypsig 5:0
Gollar: Grinvud (21), Reshford (76, 78, 90+2), Marsiyal (86, penalti).

Istanbul – PSJ 0:2
Gollar: Moyze Kin (64, 78).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring