«Barselona» «Real»ni tabrikladi

Kataloniyaning «Barselona» klubi «Real»ni chempionlar ligasi finalida «Liverpul» ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi.
«Real»ni chempionlari ligasi bosh sovrini bilan tabriklaymiz», – deyiladi kataloniya klubi rasmiy tvitterida.
Aytish kerakki, o‘tgan ikki yilda ham «Barselona» madridliklarni ushbu musobaqadagi g‘alabasi bilan tabriklagan edi.
Ushbu mavsumdagi «Barsa» musobaqaning 1/4 finalida «Roma»ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter