Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» noxush an’anaga chek qo‘ydi — «Bavariya» taslim etildi

«Barselona» noxush an’anaga chek qo‘ydi — «Bavariya» taslim etildi

Rafinya raqib oyoqlari orasidan o‘tkazib kiritgan mana bu gol 3-tur bezagiga aylandi.

Foto: Albert Gea/REUTERS

Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichining uchinchi turida Ispaniyaning «Barselona» klubi Yevropa maydonlaridagi eng noqulay raqibi «Bavariya» (Germaniya) ustidan zafar quchdi. «Olimpiko» («Monjuik») stadionida o‘tgan o‘yin 4:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi.

Hisobni o‘yinning 1-daqiqasidayoq Rafinya ochdi. Harri Keyin 18-daqiqada muvozanatni tikladi. Robert Levandovski 36-daqiqada «Barselona»ni oldinga olib chiqdi. Rafinya 45-daqiqada dubl, 56-daqiqada het-trikni rasmiylashtirdi.

Uch turdan so‘ng «Barselona» olti ochko, «Bavariya» uch ochko to‘pladi.

To‘rtinchi turda 7-noyabrga o‘tar kechasi «Barselona» mehmonda «Srvena Zvezda» bilan kuch sinashsa, «Bavariya» o‘z maydonida «Benfika»ni qabul qiladi.

Ushbu to‘qnashuvgacha o‘zaro o‘yinlar statistikasi «Barselona» uchun juda yomon edi. Kataloniyaliklar bavariyaliklarga qarshi 2015-yildan beri o‘tkazilgan 6 ta uchrashuvning barchasida yengilishgan (o‘sha alamli 2:8 hisobidagi mag‘lubiyat ham shuning ichida). Nihoyat noxush an’anaga nuqta qo‘yishni uddalashdi.    

Chempionlar ligasi kun yakunlari. 23 oktyabr

Atalanta 0:0 Seltik

Brest 1:1 Bayer

Atletiko 1:3 Lill

Yang Boyz 0:1 Inter

Barselona 4:1 Bavariya

RB Zalsburg 0:2 Dinamo Zagreb

Man Siti 5:0 Sparta Praga

RB Leypsig 0:1 Liverpul

Benfika 1:3 Feyenoord

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring