«Barselona» klubi yana bir transferni e’lon qildi

Kataloniya klubi «Manchester Siti»dan iste’dodli markaziy himoyachi Erik Garsiyani o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Ispaniya terma jamoasining 20 yoshli himoyachisi «Barselona» bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzoladi. Kelishuvga ko‘ra, Garsiya uchun 400 million yevro tovon puli belgilangan.
Erik Garsiya «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2018 yili Manchester safiga o‘tgan edi. Sobiq jamoasiga esa erkin agent sifatida qaytdi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» kuni kecha «Manchester Siti»ning boshqa bir futbolchisi — Agueroni o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter