Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» Chempionlar ligasidan chetlatilishi mumkin

«Barselona» Chempionlar ligasidan chetlatilishi mumkin

Kataloniyaning «Barselona» klubi moliyaviy hisobotlar bilan bog‘liq muammolar tufayli 2024/25 yilgi mavsumdan boshlab uch mavsum Chempionlar ligasidan chetlashtirilishi mumkin, deb xabar bermoqda Welt.

Ehtimoliy sanksiyalar sababi Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqining (UYeFA) moliyaviy reglamentini buzish bo‘lib, unda klublar xarajatlarni tegishli daromadlar bilan qoplashi shart.

2023-yil sentyabr oyi oxirida «ko‘k-anorranglilar» 304 million yevro sof foyda ko‘rgani ma’lum qilingandi.Shuningdek, klub umumiy qarzi 552 million yevrogacha kamaygani aytildi.

«Barselona» ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida 38 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring