Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» yangi transferni e’lon qildi

«Barselona» yangi transferni e’lon qildi

Kataloniyaning «Barselona» klubiga yana bir hujumchi qo‘shildi.

Gollandiyalik Memfis Depay erkin agent sifatida klub bilan shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Depay 27 yoshda. U yakunlangan Fransiya chempionatida 36 uchrashuv o‘tkazdi, unda 20 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Depay «Lion» safiga 2017 yilda qo‘shilgandi, undan avval Angliyaning «Manchester Yunayted» va Gollandiyaning PSV jamoalarida o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» avvalroq hujumchi Aguero va himoyachi Erik Garsiya transferlarini e’lon qilgandi. Ular ham erkin agent sifatida Kataloniyaga kelishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring