Bahodirning jangini mashhur kompaniya translyasiya qiladi

Og‘ir vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Unga nigeriyalik Onoriode Yevariyeme raqiblik qiladi.
Toshkent vaqti bilan 26 avgustdan 27 avgustga o‘tar kechasi tungi 3:15 dan boshlab Top Rank kompaniyasi You Tube kanalida translyasiya qilinadi.
Ushbu link orqali hamyurtimizning jangini tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov ushbu jangdan avval mashhur Bob Arum rahbarlik qiluvchi Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilishni boshlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter