Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Bahodir Jalolovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Og‘ir vazn toifasida o‘zbekistonlik professional bokschimizning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi.

Bahodir Jalolov 17 fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida ringga chiqadi. Hozircha hamyurtimizga kim raqiblik qilishi ma’lum emas.

E’tiborlisi, Ar-Riyoddagi boks oqshomining markaziy jangi Tayson Fyuri va Aleksandr Usik o‘rtasida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov (13-0-0) o‘zining so‘nggi jangida JAR vakili Kris Tompsonga (12-5-1) qarshi ringga ko‘tarilib, birinchi raunddayoq raqibini ringga qulatgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring