Bahodir Jalolov finaldagi raqibini avval juda og‘ir ahvolga tushirgandi (video)

Super og‘ir vazn toifasida Olimpiada oltin medali uchun jang qilayotgan Bahodir Jalolov Tokio–2020 finaliga yo‘l olgani haqida xabar bergandik.
Bahodir Jalolovga finalda amerikalik Richard Torres raqib bo‘ladi. Amerikalik bokschi yarim finalda qozog‘istonlik Kamshibek Konkabayevni nokdaun holatiga tushirdi va katta ustunlik bilan mag‘lub etdi.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov uch yil avval jahon chempionatida Richard Torresni chuqur nokaut holatiga uchratgan edi.
So‘ng kasalxonaga borib uning ahvolidan xabar ham olgandi. Biroq o‘tgan vaqt mobaynida Torresda jiddiy o‘sish kuzatildi. Final Bahodirga oson bo‘lmaydi.
Final bahsi 8 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 11:15 da boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter