Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolovga yana uy berildi

Bahodir Jalolovga yana uy berildi

«Xanchjou-2022» Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan surxondaryolik sportchilarga uy sovg‘a qilindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Termiz shahrida surxondaryolik sportchilarni tantanali kutib olish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, talaba-yoshlar va yosh sportchilar ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov chempionlikni qo‘lga kiritgan, bokschimiz Bahodir Jalolov, kurashchilarimiz Muhsin Hisomiddinov va Muzaffarbek To‘raboyevlarga zarbop to‘n kiydirib, tadbirkorlar sovg‘a qilgan xonadonlar kalitlarini tantanali topshirdi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida ham Surxondaryo viloyati hokimligi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolovga uy sovg‘a qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring