Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolovga tezda raqib topildi

Bahodir Jalolovga tezda raqib topildi

Prof boksda super og‘ir vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov (13-0)ning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Bahodir 17 noyabr kuni Lift Promotions tomonidan Toshkentda tashkil etiladigan boks oqshomida Janubiy Afrika vakili Kris Tompson(12-5-1)ga qarshi ringga ko‘tariladi. Mazkur boks kechasi «Humo Arena»da o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Jalolov prof boksdagi oxirgi jangini shu yilning 23 avgustida o‘tkazib, unda nigeriyalik Onoriode Everiyemeni birinchi raunddayoch nokautga uchratgan edi.

Shundan keyin bokschimiz Osiyo o‘yinlarida bir qancha janglar o‘tkazdi va yakunda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring