Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov raqibini yana nokautga uchratdi

Bahodir Jalolov raqibini yana nokautga uchratdi

Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Bahodir Jalolov bugun, 28-oktabr kuni professional boksda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. Mashhur “Madison Square Garden” arenasida o‘tkazilgan bahsda unga amerikalik Tayrel Rayt raqiblik qildi.

Ketma-ket berilgan zarbalar natijasida to‘rtinchi raunddan so‘ng raqib jangni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Bokschimiz ushbu bahsni ham muddatidan oldin yakunladi. Eslatib o‘tamiz, Jalolov bungacha ham ikkita jang o‘tkazib, ularning har ikkisida ham nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Ma’lumot uchun, Rayt professional boksda bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 14ta jang o‘tkazib, ularning 9 tasida g‘alaba qozongan (6ta jangda nokaut evaziga). Bugungi mag‘lubiyat bokschi uchun uchinchisi bo‘ldi. Yana 2 ta jangda durang qayd etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring