Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov MOQ raisi qabulida bo‘ldi

Bahodir Jalolov MOQ raisi qabulida bo‘ldi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Olimpiya o‘yinlariga AQShda hozirlik ko‘rayotgan bokschimiz Bahodir Jalolov shu kunlarda yurtimizga qaytib kelgan. Rejaga ko‘ra, Jalolov oy so‘ngida o‘tadigan xalqaro musobaqada terma jamoamiz bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Bugun bokschimiz MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov qabulida bo‘ldi.

Uchrashuv davomida MOQ raisi bokschimizning Qo‘shma Shtatlardagi mashg‘ulot grafiklari, u yerda iste’mol qiladigan ovqatlarining ratsioni, mashg‘ulotlar metodikasi orasidagi farq, sparring raqiblari haqida suhbatlashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring