Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov chempionlik uchun qachon jang o‘tkazishini aytdi (foto)

Bahodir Jalolov chempionlik uchun qachon jang o‘tkazishini aytdi (foto)

Bugun yarim tunda bokschimiz Bahodir Jalolov Nyu-Yorkdan qaytib keldi.

Uni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida mas’ul rahbarlar, sportchining yaqinlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar tantanali ravishda kutib olishdi.

Kutib olish marosimida Bahodir Jalolov shunday g‘alabalar orqali o‘z reytingini oshirib borishi va tez orada og‘ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarilishdan umidvor ekanligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, shanba tongida Bahodir Jalolov AQShda o‘zining navbatdagi reyting jangini o‘tkazib, raqibini so‘nggi raundda nokautga uchratdi. Bu Bahodirning prof boksdagi 11 jangdagi 11-nokauti bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring