Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Babayanning ustidan 10 000dan ortiq shikoyat xati kelgan edi»

«Babayanning ustidan 10 000dan ortiq shikoyat xati kelgan edi»

Foto: «Chempionat»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zbek futbolini rivojlantirishning bugungi holati: yutuq va muammolar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tayotgani haqida  xabar bergandik. Tadbirda «Xabar.uz» muxbiri ham ishtirok etmoqda.

Unda O‘zbekiston PFL direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev bolalar futbolidagi muammolar haqida gapirdi. Shuningdek, yaqinda shov-shuvli tarzda «Lokomotiv» klubiga maslahatchi sifatida ishga olingan Samvel Babayan haqida savolga ham javob berib o‘tdi.

— Samvel Babayan futboldan chetlatilgan vaqtda, unga ko‘plab ayblar qo‘yilgan edi. O‘sha ayblar tasdiqlandimi? U futbolga qanday qaytdi?

— Babayanni kim ishga oldi? «Lokomotiv». Nima uchun bu savolni «Lokomotiv»ga bermagansiz? — deb javob qaytardi Diyor Imomxo‘jayev. — Babayan borasida 10 mingdan ortiq shikoyat xati kelgan edi. U yerda juda ko‘p ayblovlar bor edi. Xususan, futbolchilarni xorijga sotish borasida firibgarlikka yo‘l qo‘ygani ham aytilgandi.

Shu bois, O‘FA mana shu shikoyatlarni ko‘rib chiqishi uchun ham Babayanni vaqtincha chetlatishga qaror qilgan edi. O‘sha vaqtda qilingan bitta xato, u bir umrga futboldan chetlatildi, degan xabar ketib qoldi. Buni tan olamiz. Ammo Babayan borasida ish ko‘rib chiqilgandan so‘ng, unga qo‘yilgan ayblovlar tasdiqlanmadi.

Ish ko‘rib chiqilgandan so‘ng oradan ma’lum vaqt o‘tib, undan chetlatish olib tashlandi. Babayanning aybi topilmadi. Agar topilganda u bilan boshqa «organlar» shug‘ullangan bo‘lardi.

Agarda kimdir Babayanning aybi borasida aniq faktni bilsa, hozir ham kelishi mumkin. Unga qarshi hozir ham ish ochilaveradi, — dedi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring