Samvel Babayan: «O‘FA mendan diskvalifikatsiyani olib tashlagan»
Kuni kecha futbol mutaxassisi Samvel Babayanning «Lokomotiv» klubi prezidenti maslahatchisi etib tayinlangani xabar berilgan edi.
«Championat.asia» sayti murabbiy bilan bog‘lanib bir nechta savollar bilan murojaat qilgan.
Babayanning aytishicha, 2018-yil 1-fevral kuni O‘FA Ijroiya qo‘mitasi tomonidan diskvalifikatsiya olib tashlangan va u «Lokomotiv» klubidan taklif tushgani uchun «O‘zbekistonga qaytishga va mamlakat futboli rivoji uchun ishlash»ga qaror qilgan.
«Lokomotiv» infratuzilma borasida yangi darajaga chiqmoqchi. Bunga qadar akademiya, futbol maktabi yo‘q edi. Klub bir necha bor chempionlikka erishdi. Endi esa «Lokomotiv» «yangi Jeparov», «yangi Ahmedov»larni tarbiyalamoqchi. Men bir necha yil davomida «Paxtakor»da ishlaganim bunda qo‘l kelishi mumkin. O‘z tajribam bilan «Lokomotiv»ga yordam berishni istayman» degan Babayan qisqa intervyuda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTJ JCh-2018 yo‘llanmasidan quruq qolgach, Babayan iste’foga chiqarilgan edi. Keyinroq, u O‘FF (hozirda O‘FA-tahr) Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining 2018-yil 15-yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan umrbod chetlashtirilgandi.
Hatto uning xujjatlari prokuraturaga topshirilgani aytilgandi. Biroq, vaqt o‘tmay Babayan Latviya chempionatida paydo bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter