Azizjon G‘aniyev va Jasur Yaxshiboyevning gollariga ovoz bering!

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi o‘zining rasmiy saytida Xitoyda bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo chempionatining eng chiroyli golini aniqlash uchun so‘rovnoma tashkil qildi.
Ushbu so‘rovnomada O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining ikki nafar a’zosi tomonidan kiritilgan gollar ham joy olgan.
Jumladan, Azizjon G‘aniyevning Janubiy Koreyaga va Jasur Yaxshiboyevning Yaponiyaga kiritgan gollari ham Osiyo chempionatining eng chiroyli goli bo‘lishga da’vogar bo‘lib turibdi.
Hozircha so‘rovnomada Vetnam terma jamoasi a’zosi Nguyen Xayning finalda jarimadan O‘zbekiston terma jamoasi darvozasiga kiritgan goli 65 foiz ovoz to‘plagan holda birinchi o‘rinda bormoqda. Ushbu golga jami 14756 nafar muxlis ovoz bergan. Azizjon G‘aniyevning Janubiy Koreya darvozasiga kiritgan goli esa 1043 ta ovoz to‘plagan.
Quyidagi HAVOLA orqali OFK saytiga o‘tib, terma jamoamiz a’zolari tomonidan kiritilgan gollarga ovoz bering.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter