Ayol erkaklar futbol jamoasi o‘yinchisiga aylandi
Ellen Fokkema ismli futbolchi ayol Niderlandiyaning to‘rtinchi divizionidagi «Foarut» erkaklar jamoasi o‘yinchisiga aylandi. Bu haqda Qirollik futbol ittifoqi (KNVB) saytida xabar berilgan.
Tashkilot matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 19 yoshli sportchining «Foarut» bilan shartnomasi tajriba sifatida imzolandi. Ta’kidlanishicha, bu qaror futbolda teng huquqlilikning rivojlanishiga yordam beradi.
Besh yildan beri jamoa bilan birga shug‘ullanayotgan Fokkema futbol ittifoqining qaroridan manun ekanligini bildirdi.
«Jamoadoshlarim ular bilan o‘ynashda davom etishim mumkinligini zo‘r ishtiyoq bilan qabul qilishdi», — deya ta’kidladi u.
Hozirgi kunda Niderlandiyada erkaklar va ayollar 19 yoshgacha bitta jamoada futbol o‘ynashi mumkin. Shundan so‘ng erkaklar A toifada o‘ynash uchun erkaklar klubiga o‘tishadi, ayollar esa B toifadagi ligada to‘p tepishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter