Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ayaks»da yangi bosh murabbiy tayinlandi

«Ayaks»da yangi bosh murabbiy tayinlandi

Foto: «Sport-Ekspress»

Alfred Sxroyder — «Ayaks»ning yangi bosh murabbiyi. Bu haqda Amsterdam jamoasining rasmiy sayti xabar berdi.

Niderlandiyalik 49 yoshli mutaxassis bilan bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud ikki yillik shartnoma imzolangan.

Xabaringiz bor, shu paytgacha «Ayaks»ni boshqargan Erik ten Xag «Manchester Yunayted» bilan 2025-yil yozigacha shartnoma imzolagan.

Alfred Sxroyder (Sxryoder) — niderlandiyalik sobiq futbolchi va murabbiy. «Feyenoord» maktabidan chiqqan. Faqat Gollandiya chempionatida («Feyenoord», «Tvente», Vitess» va boshqalar»), yarimhimoyachi ampluasida to‘p surgan.

Murabbiylik faoliyati bir tekis kechmagan: ko‘p yillar bosh murabbiylarga qarashib yurgan (jumladan, «Barselona»da Kumanning, «Ayaks»da Ten Xagning yordamchisi). Bosh murabbiy sifatida «Tvente» (Niderlandiya) va «Hoffenhaym» (Germaniya)da ishlagan, 2022-yildan «Bryugge» (Belgiya)ni boshqarib kelayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring